20:27 / 14.02.2017
3350

Beeline Bagam orollarida internet-roumingni kengaytirmoqda

Eng yirik aloqa operatori Beeline Bagam orollari roumingida internet-muloqotning imkoniyatlari kengaygani haqida xabar qildi. Ma'lumotlarga ko‘ra, BTC kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan. 

Eslatib o‘tamiz, Beeline 2010 yildan boshlab O‘zbekistondagi yetakchi rouming-operator bo‘lib kelmoqda. Beeline ovozli rouming xizmati dunyoning 185 mamlakatida 489 ta horijiy operator bilan ishonchli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Beeline  abonentlari GPRS-roumingdan, kompaniya 372 mahalliy uyali aloqa kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan, dunyoning 161 davlatida foydalanishlari mumkin. CAMEL-rouming xizmati kompaniya mijozlariga 103 ta mamlakatda 231 operator tomonidan taqdim etiladi.

Beeline brendi O‘zbekiston hududida MChJ Unitel‘ning savdo belgisi hisoblanadi. Kompaniya 1996 yilda tashkil etilgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yil 25 sentabr kuni boshlangan. Hozirgi kunda kompaniya O‘zbekiston GSM -operatorlari qatorida yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. 2015 yil natijalari bo‘yicha kompaniya abonentlarining soni 9,9 million kishini tashkil qildi. 2006 yil 12 sentabrdan boshlab “Unitel” MChJ “Beeline” savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. 2008 yil 2 dekabr kuni “Unitel” kompaniyasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib, 3G tarmog‘i ishga tushirilishi to‘g‘risida e'lon qildi. 2014 yilning 4 sentabr kuni Beeline O‘zbekistonda ilk bor 4G LTE tarmog‘ini ishga tushirdi.

Buzton Qo‘shma korxonasi 1995 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Birinchi bosqichda kompaniyaning asosiy faoliyat yo‘nalishi bo‘lib xalqaro, shaharlararo va mahalliy raqamli telefon aloqasini taqdim etish hisoblanar edi. 2000 yildan boshlab kompaniya telekommunikatsiyalar bozorida o‘z faoliyat doirasini kengaytirdi va Internetga kirish hamda ma'lumotlar uzatish bo‘yicha xizmatlar taqdim etishni boshladi. Hozirgi kunda Buzton QK integratsiyalangan aloqa xizmatlari operatori sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda, ya'ni mijozlarga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari butun majmuasini: telefoniya, ma'lumotlar uzatish va Internetga kirish xizmatlarini taqdim etmoqda. 2008 yilda Buzton QK MChJ VimpelCom Kompaniyalar guruhi tarkibiga kirdi.

Mavzuga oid
Top