18:02 / 14.02.2017
8599

Erdo‘g‘an Ar-Riyodda Saudiya qiroli bilan uchrashdi

Turkiya prezidenti ayni kunlarda Fors ko‘rfazi bo‘yidagi davlatlar bo‘ylab turne o‘tkazmoqda.

U bugun Saudiya Arabistoni qiroli bilan uchrashdi. Salmon ibn Abdulaziz Erdo‘g‘anni Ar-Riyod shahridagi "Yamama" saroyida qabul qilgan.

Qabul marosimidan keyin Erdo‘g‘an o‘z sharafiga uyushtirilgan tushlikda bo‘lgan.

Keyin esa Turkiya davlat rahbari ikki davlat delegatsiyalari uchrashuvida qatnashgan.

Top