Turkiya prezidenti ayni kunlarda Fors ko‘rfazi bo‘yidagi davlatlar bo‘ylab turne o‘tkazmoqda.
U bugun Saudiya Arabistoni qiroli bilan uchrashdi. Salmon ibn Abdulaziz Erdo‘g‘anni Ar-Riyod shahridagi "Yamama" saroyida qabul qilgan.
Qabul marosimidan keyin Erdo‘g‘an o‘z sharafiga uyushtirilgan tushlikda bo‘lgan.
Keyin esa Turkiya davlat rahbari ikki davlat delegatsiyalari uchrashuvida qatnashgan.