21:03 / 14.02.2017
6150

Isroil elchisi Misrni tark etishga majbur bo‘ldi

Foto: RIA

O‘tgan yilning oxirida Isroil o‘zining Misrdagi elchisini qaytarib oldi, bunga uning xavfsizligiga tahdid sabab bo‘ldi. Bu haqida Britaniyaning The Telegraph gazetasida xabar berildi

Manbaga ko‘ra, David Guvrin Qudusdan turib ishlaydi, biroq Isroil hukumati uning tez orada Qohiraga qaytishi mumkinligiga umid qilmoqda. 

Isroil TIV bunga hech qanday munosabat bildirmadi. 

Misr — Isroil bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan ikki arab mamlakatidan biri. 2011 yilda Isroilning Qohiradagi elchisi yahudiy mamlakat bilan munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilgan namoyishchilar hujumiga yo‘liqdi. Diplomatik missiya xodimini qutqarish uchun Misr hukumati xavfsizlik organlarining maxsus bo‘limlarini jalb qilgan. 

Mavzuga oid
Top