17:07 / 14.02.2017
5445

Istanbul aeroportidagi teraktni sodir etishda ayblanuvchilarga umrbod qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin

Foto: Reuters

Istanbul aeroportidagi teraktga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan 45 kishiga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslangan holda Cumhuriyet gazetasi xabar tarqatdi.

O‘tgan yilning 28 iyunida Otaturk nomidagi xalqaro aeroportning terminaliga kirish qismida, chiqishda va avtomobillar turargohida ro‘y bergan portlashlar oqibatida 44 kishi halok bo‘lgan, shundan 19 nafari xorijlik edi. Shuningdek, terakt oqibatida 239 kishi jarohatlangandi.

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim ushbu terakt IShID tomonidan sodir etilganini ma'lum qilgan.

Prokuratura 45 kishiga nisbatan jami 3342 yillik muddatga qamoq jazosi so‘rash nazarda tutilgan ayblov tayyorlamoqda.

Mavzuga oid
Top