12:14 / 14.02.2017
6505

Qirg‘izistonda 7 kishi qor ko‘chkisi ostidan chiqarib olindi

Qirg‘iziston favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari qor ko‘chkisi tagida qolib ketgan 2ta avtomobil yo‘lovchilarini qutqarishdi. Hodisa respublikaning O‘sh viloyatidagi Chon-Oloy tumanida ro‘y bergan bo‘lib, yo‘lga tushgan qor ko‘chkisi avtomobillarni bosib qolgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Qutqaruv amaliyoti taxminan 2 soat davom etdi, barcha yo‘lovchilar qutqarildi», - deya ta'kidlab o‘tishgan FVVda.

Qutqaruvchilarning ma'lumotiga ko‘ra, 3 ming kub metrlik hajmga ega qor ko‘chkisi kuni kecha Darot-Qo‘rg‘on-Chak-Jashtilek yo‘lining qismiga tushgan. Uning tagida ichida yetti kishi bo‘lgan Daewoo Matiz va «Niva» avtomobillari qolib ketgan.

Avvalroq Fransiyaning Tin tog‘-chang‘i kurortida qor ko‘chkisi ostida to‘qqiz nafar tog‘ chang‘ichisi qolib ketgani haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid
Top