11:03 / 14.02.2017
9262

«Napoli» darvozaboni Ronaldu, Benzema yoki Beyldan qaysi birini tanlashi haqidagi savolga javob qaytardi

«Napoli» darvozaboni Pepe Reyna «Real» hujumchisi Lukas Vaskes tomon iliq so‘zlari va maqtovlarini bildirib o‘tdi. Reynadan YeChL doirasidagi uchrashuv arafasida jurnalistlar «qaymoqranglilar» jamoasi safidagi Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema va Garet Beyl kabi futbolchilardan qaysi birini xavfliroq deb hisoblashini so‘rashgan.

«Ronaldu, Benzema yoki Beylmi? Men esa Vaskesni ko‘proq hurmat qilaman. Lekin «Real»ning har bir futbolchisi hurmatga loyiq. Ular istalgan vaqtda o‘yin jarayonini o‘zgartira oladigan qobiliyatga ega. Bu gap faqat hujum chizig‘i vakillari haqida emas. Bu ish qo‘lidan keladigan futbolchilar talaygina: Ramos, Modrich, Kroos, Kasemiro, Marselo, Karvaxal… Bu shunday kuchli jamoaki, bir futbolchini alohida ajratib ko‘rsatish qiyin», — deya Reynaning so‘zlarini keltirgan AS.

«Real» va «Napoli» YeChLning 1/8 finali doirasida to‘qnash kelgan. Jamoalarning birinchi uchrashuvi 15 fevral kuni Madridda, javob o‘yini esa 7 mart kuni Neapolda o‘tkaziladi.

Top