07:46 / 14.02.2017
4316

OAV: AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya Shimoliy Koreyaga qarshi turish choralarini muhokama qildi

14 fevralda Janubiy Koreya, AQSh va Yaponiyaning yuqori mansabdor harbiylari Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirgani sababli unga qarshi turish choralarini muhokama qilishdi. Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda "Ryonxap" axborot agentligi.       

Uch davlat vakillari o‘rtasida Shimoliy Koreya masalasini muhokama qilish uchun videoanjuman o‘tkazilgan. 

Ma'lum qilinishicha, Shimoliy Koreya yaqinda yaratgan, qattiq raketa yonilg‘isida uchuvchi o‘rta masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. Seul ma'lumotlariga ko‘ra, raketa 500 km lar chamasi uchib, Sharqiy Xitoy dengiziga tushgan. 

Top