13:21 / 14.02.2017
8027

«PSJ»ning 3 nafar futbolchisi «Barselona»ga qarshi o‘yinda jamoaga yordam bera olmaydi

«PSJ»ning braziliyalik himoyachisi, jamoa sardori Tiagu Silva jarohatidan tiklanib olishga ulgurmadi.

Le Parisien xabariga ko‘ra, futbolchi jarohati tufayli dushanba kungi mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi va Chempionlar Ligasining chorak finali doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan o‘yin zayavkasiga kiritilmadi.

Silva mushaklaridagi jarohat tufayli 10 fevral kuni ichki chempionat doirasida «Bordo»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinni ham o‘tkazib yuborgandi.

Undan tashqari, o‘yinni diskvalifikatsiya qilingan Tiagu Motta va jismoniy holati yaxshi bo‘lmagan Gjyegoj Krixovyak ham o‘tkazib yuboradi.

Ammo jarohatidan tiklanib olgan Xaver Pastore bahsda ishtirok etishi mumkin.

«Barselona»ga qarshi o‘yin bugun, 14 fevral oqshomida bo‘lib o‘tadi.

Top