12:37 / 14.02.2017
4652

Puerto-Rikoda narkofurushlarning aeroport xodimlari bilan yashirin kelishuvi fosh etildi

AQSh transportdagi xavfsizlik boshqarmasi va Puerto-Riko (uning hududi AQSh boshqaruvida, deb hisoblanadi) aeroporti xodimlari so‘nggi 18 yil davomida shtatlarga 20 tonna kokain olib o‘tilishiga yordam berishgan, deb xabar berdi prokuror Roza Emiliya Rodriges-Velessayd matbuot relizda.

"Bu kishilar shtatlarga noqonuniy giyohvand moddalarni katta hajmlarda olib o‘tish maqsadida o‘zaro til biriktirgan", - deya ma'lum qildi prokuror.

Ayblanuvchilar 1998-2016 yillar davomida Luis Munos Marina nomidagi Karolina xalqaro aeroportida TSA xavfsizlik tizimidan foydalanishgan. Bu holatda har birining og‘irligi 8-15 kilogramm bo‘lgan kokainga to‘ldirilgan sumkalar ishlatilgan, deb xabar qilishgan adliya vazirligida.

Puerto-Rikodagi federal sud hay'ati TSA va aeroportning 12 nafar sobiq hamda hozirda ishlayotgan xodimlariga ayblovlar qo‘ydi. Ular giyohvand moddalar kontrabandasi maqsadida o‘zaro til biriktirishda ayblanmoqda hamda 10 yildan umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosiga mahkum etilishlari mumkin, deyiladi matbuot relizida.

Mavzuga oid
Top