11:30 / 14.02.2017
10811

Sobiq direktor Ibrahimovich «Barselona»ni kim tufayli tark etganini oshkor qildi

«Barselona» klubining marketing bo‘yicha sobiq direktori Mark Ingla shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibrahimovich nima uchun kataloniyaliklar jamoasida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmagani va bu klubda o‘ynab keta olmagani haqida gapirdi.

«O, u juda qudratli yirtqichdek, haqiqiy mashina. Ammo, gap shundaki, uning yonida boshqa mashina bor edi, kichikroq, lekin kuchli mashina. Axir ikki ayiq bir uyada ovqatlana olmaydiku (kuladi).

Ibrohimovich bir qadar dangasa, bir nuqtaga bog‘lanib qolgan futbolchi edi. Messiga esa maydonda kenglik kerak edi, u shuni talab qilardi. Zlatan unga kerak hududni egallab olgandi.

Men o‘ylaymanki, Lionelga Zlatanning yonida joy yetishmasdi, shuning uchun ham ularning o‘rtasida kichik kelishmovchilik yuzaga kelgandi», deya Inglaning so‘zlarini keltirgan Telefoot.

Bundan oldingi xabarlarda Ibrahimovich jamoaning o‘sha vaqtdagi murabbiyi Xosep Gvardiola bilan ziddiyat tufayli jamoadan ketgani aytilardi.

Top