09:45 / 14.02.2017
3863

Tayvandagi yo‘l-transport hodisasi qurbonlari soni 34 nafarga yetdi

Foto: AFP

Tayvan orolida sayyohlik avtobusining qulashidan halok bo‘lganlar soni 34 nafarga yetdi, deb yozmoqda mahalliy China Times gazetasi.

Hodisa mahalliy vaqt bilan 21:00 atrofida Taybey shahri yaqinidagi shosselardan birida sodir bo‘lgan. Avtohalokat vaqtida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus ichida 44 kishi bo‘lgan. Avvalroq 32 kishining hayotdan ko‘z yumgani haqida xabar qilingan edi. 

Mahalliy politsiyaning xabar qilishicha, avtobus haydovchisi yo‘lning ushbu qismida belgilangan tezlikni oshirib yuborgan. Bu yerda soatiga 40 km tezlik belgilangan bo‘lsa-da, haydovchi soatiga 60 km tezlikda harakatlangan. 

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus ichida xorijiy mamlakatlar fuqarolari yo‘q. Yo‘lovchilarning aksariyati mahalliy nafaqaxo‘rlar bo‘lib, Taychjun shahriga uyushtirilgan ekskursiyadan qaytishayotgan bo‘lgan.

Top