09:12 / 14.02.2017
3888

Venesuela va Xitoy 2,7 mlrd dollarlik kelishuv imzolashdi

Foto: Agencias

Venesuela va Xitoy 13 fevralda umumiy qiymati 2,7 mlrd dollarlik, hamkorlik haqidagi 22 ta yangi kelishuvni imzoladi, deb xabar berdi Venesuela prezidenti Nikolas Maduro. 

Maduroning aytishicha, Xitoy bilan 2004 yil oxiridan 790 ta qo‘shma loyiha yo‘lga qo‘yilgan. Ulardan neft, qurilish, turar-joy, aloqa yo‘ldoshlarini uchirish va turli ishlab chiqarish sohalaridagi 495 tasi yakunlangan. Yana 205 ta loyiha amalga oshirilishi davom etmoqda, 90 ta loyiha esa yaqin orada boshlanadi.

Maduroning ta'kidlashicha, 2007 yilda tashkil etilgan Xitoy-Venesuela jamg‘armasi  Venesuela rivojlanishiga 20 mlrd dollar kiritgan. Yana 42 mlrd dollar mablag‘ yirik investitsiyalar jamg‘armasi orqali investitsiya qilingan va shu tariqa, Xitoyning Janubiy Amerikaning ushbu davlatiga kiritgan umumiy investitsiyalar miqdori 62 mlrd dollarga yetgan.   

Mavzuga oid
Top