08:45 / 15.02.2017
5045

AQSh Falastin-Isroil ixtilofini hal qilishdagi yondashuvini o‘zgartirishga tayyorligini bildirdi

Foto: AP

AQSh Falastin va Isroil o‘rtasidagi muammoni hal qilishda ikki davlat tamoyiliga amal qilishni talab qilmaydi, deb ma'lum qildi Oq uyning yuqori mansabdor shaxsi jurnalistlarga.

Hanuzgacha ixtilofni yahudiy va arab davlatlar yaratishga asoslangan yechimi AQShda uning Yaqin Sharqdagi tashqi siyosatining asosiy g‘oyasi deb atalardi. 

"Tinchlik keltirmayotgan ikki davlat tamoyili kimdir erishmoqchi bo‘lgan maqsad emas. Asosiy maqsad – qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham tinchlik o‘rnatishdir. Biz ularga yordam bermoqchimisiz", deb aytgan AQSh ma'muriyati vakili.

Vakilning aytishicha, ikki davlat g‘oyasining ta'rifi ham uncha tushunarli emas. "Agar 5 kishidan ikki davlat yaratish nima deb so‘rasang, 8 xil javob olasan. Biz tinchlik shartlarini diktovka qilmoqchimasmiz", deb aytgan AQSh vakili.

Top