22:13 / 15.02.2017
4194

Bag‘dodda portlash oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida navbatdagi portlash sodir etilishi oqibatida 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa tufayli kamida 50 kishi jarohatlangan.

Qayd etilishicha, shahar tashqarisidagi Sadr-Siti mavzesida portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil portlatilgan.

Hozircha hech bir tashkilot ushbu portlash uchun mas'uliyatni zimmasiga olmadi.

Top