12:11 / 15.02.2017
47075

Kim Chen Ir bolalari: Ular qancha qoldi?

14 fevral kuni Malayziyada KXDR rahbari Kim Chen Inning o‘gay akasi Kim Chen Nam o‘ldirib ketildi. U KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Irning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan, oxir-oqibatda uchinchi o‘g‘il hokimiyatni egallagan, aka esa mamlakatdan chiqib ketgandi. Quyida ochiq ma'lumotlar asosida Shimoliy Koreyani ko‘p yillardan buyon boshqarib kelayotgan Kimlar sulolasi haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kim Chen Ir 4 marta uylangan, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, u 3 o‘g‘il ko‘rgan. Ammo, norasmiy manbalarga ko‘ra, shimoliy koreyalik dohiyning jami 17 farzandi bo‘lgan va ulardan 9 nafari nikohsiz farzandlar.

Birinchi rafiqasi — Son He Rim (1932-2002)
O‘g‘li — Kim Chon Nam (1971 - 2017) Shveytsariyada tahsil olgan. 2001 yilda u Yaponiyaga soxta pasport bilan kirishga urinishda ayblanib, Yaponiya hukumat tomonidan qo‘lga olingan. Kim Chon Namning o‘zi o‘shanda shunchaki Tokiodagi «Disneylend»ga kirishni istagani haqida aytgandi. U shundan so‘ng otasining g‘azabiga uchradi va mamlakatni tark etdi. Kim Chen Ir 2011 yilda vafot etdi, u Xitoyga tashrifi vaqtida otasining o‘rniga da'vogarlik qilishni niyat qilmagani haqida bildirdi. Lekin uning o‘gay ukasi Kim Chen In hokimiyat tepasiga kelganida akaning taqdiri hal qilingandi. Avvaliga 2012 yilda Makaoda shimoliy koreyalik agentlar unga suiqasd uyushtirishdi, lekin Kim Chen Nam omon qoldi, 2017 yilning 14 fevralida Malayziyadagi aeroportdagi suiqasd natijasida vafot etdi.

Ikkinchi rafiqa — Kim Yon Suk (1947 yilda tug‘ilgan)
Qiz — Kim Sol Son (1975 yilda tug‘ilgan). Partiya tashviqoti bo‘limida faoliyat ko‘rsatadi. U otasi davrida dohiyning shaxsiy kotibi bo‘lgan.

Uchinchi rafiqa — Ko Yon Hi (1953 - 2004). Raqqosa va aktrisa.
O‘g‘il — Kim Chen In (Tug‘ilgan yili aniq emas, taxminan 1983 yoki 1984 yilda). Shveytsariyada tahsil olgan, 2011 yildan KXDR rahbari.

O‘g‘il — Kim Chon Chul (1981 yilda tug‘ilgan). Shveytsariyada o‘qigan, Mehnat partiyasining tashviqot bo‘limida bir muddat ishlagan, keyin zohidlik yo‘lini tanlagan.

Qiz — Kim Yo Chen (1988 yilda tug‘ilgan). Mehnat partiyasida ishlaydi va inson hayoti uchun muhim mahsulotlar ta'minotiga mas'ul hisoblanadi.

To‘rtinchi rafiqa — Kim Ok (1964 yilda tug‘ilgan).

 

Mavzuga oid
Top