00:26 / 15.02.2017
5921

Misr o‘z mintaqasida asosiy energetik markazga aylanmoqchi

Foto: RIA

Misr o‘z mintaqasida energiya zaxiralari sotuvchi asosiy markazga (energoxab) aylanmoqchi. Bu haqda Misr bosh vaziri Sharif Ismoil ma'lum qildi.  

Ismoilning ta'kidlashicha, Misrning mintaqaviy energoxabga aylanishida "tabiiy gaz zaxiralarining oshishiga olib kelgan yangi konlar" ko‘mak beradi. Ismoilning fikricha, "Misr gaz bilan ta'minlanganlikning yangi bosqichiga chiqadi va bu taxminan 2 yildan kamroq vaqt oladi". 

Ismoil bu haqda Qohirada EGYPS2017 neft ko‘rgazmasi ochilishida aytdi.

2015 yil avgustida Italiyaning Eni neft-gaz kompaniyasi O‘rta yer dengizidagi eng yirik gaz konini aniqlagan. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, bu konning ochilishi tabiiy gaz sohasida "supergigant kashfiyot" hisoblanadi. Kon Misr sohillari yaqinida aniqlangan. Zohr deb nomlanadigan bu konning zaxiralari 850 mlrd kub metr gazni tashkil qiladi.

Mavzuga oid
Top