19:01 / 15.02.2017
8786

Osiyoda kelishilgan uchrashuvlarda ayblangan 22 futbolchi umrbod diskvalifikatsiya qilindi

Osiyo futbol konfederatsiyasi 22 futbolchini umrbod futboldan chetlatdi. Associated Press agentligi xabariga ko‘ra, ushbu futbolchilar kelishilgan uchrashuvlarda ishtirok etgani uchun jazolangan.

Qayd etilishicha, ushbu futbolchilar Laos va Kamboja chempionatlari vakillari bo‘lib, ular mahalliy chempionatlar doirasida kelishilgan uchrashuvlar tashkil etilishida qatnashgan. Ushbu holat bo‘yicha surishtiruv va tekshiruv ishlari davom etmoqda, OFK nomlarni hozircha oshkor etmadi.

Top