11:18 / 15.02.2017
53045

Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi qachon bo‘lishi haqida xabar berildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aprel oyining dastlabki o‘n kunligida Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligi ayni vaqtda Toshkentda bo‘lib turgan rossiyaliklar delegatsiyasiga asoslanib ma'lumot bergan.

«O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tashrifi aprel oyining birinchi dekadasiga mo‘ljallanmoqda. Taxminan bu tashrif 5 aprel kuni amalga oshiriladi, ammo bu ma'lumot hali rasman tasdiqlanmadi», — degan manba.

Uning qayd etishicha, hukumatlararo komissiya majlisi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tadi va unda Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘riladi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishdan tashqari, Davlat dumasi vakillari bilan ham uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi yarmida Nursulton Nazarboyevning taklifi bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga safar qilishi ham rejalashtirilgan.

Mavzuga oid
Top