20:18 / 16.02.2017
10710

Almazbek Atamboyev Yevrokengash rahbari bilan o‘z vorisini muhokama qildi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev Yevropa kengashi raisi Donald Tusk bilan Qirg‘izistonda o‘tadigan prezidentlik saylovlari masalasini muhokama qildi. Bu haqda Atamboyev matbuot xizmati ma'lum qildi.   

"Umid qilamanki, siz keyingi prezident va vorisingiz kim bo‘lishini bilsangiz kerak", deb aytgan Tusk.

Qirg‘iziston prezidenti bunga rad javobini bergan. 

"Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlari joriy yil noyabr oyining 3-yakshanbasida bo‘lib o‘tadi. Biroq men yangi prezident kim bo‘lishini bilmayman", deb aytgan Atamboyev. 

Top