16:12 / 16.02.2017
25764

Atlás Home - sharqona an'analar aks etgan milliy dasturxon va rannerlar

Barchamiz uchun eng qadrli maskan bu - xonadon. Albatta, bu maskanni shinam va ko‘rkam bo‘lishini istaymiz. 
Atlás Home milliy uslubda dasturxon va rannerlarni ishlab chiqarishda birinchilardan hisoblanadi.

Mahsulotlar quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi: 

* 100% Ekologik toza va yuqori sifatli matolar; 
* 100 % Qo‘l mehnati; 
* 100% eksklyuziv va betakror dizayn.

Rannerlardan iborat to‘plam va salfetkalar, dasturxonlar, dekor vazifasini bajaruvchi yostiqlar, shuningdek, foto suratlar uchun ramkalar oila a'zolaringizni va yaqinlaringizni kayfiyatini chog‘ qilibgina qolmay, balki uy bekasining didiga ham shubha qoldirmaydi. 

Ranner-stolning markazidan ikki taraflama yozib qo‘yiladigan hamda dasturxon vazifasini o‘tovchi uzun mato bo‘lagidir. Bu yangi mahsulotda milliy va an'anaviy uslubning zamonaviy uslub bilan hamohanglikda yaratilganini ko‘rishingiz mumkin. Adras matosidan yaratilgan to‘plamlarni yuvish borasida ham hech qanday qiyinchiliklarga duch kelmaysiz.

 Sizda Atlás Home'ning kreativ yechimga ega bo‘lgan 3 xil ko‘rinishdagi to‘plamini tanlash imkoni mavjud.

1. "Har kuningiz siz uchun - bayram" - Kunda tutishga mo‘ljallangan, qo‘l yordamida yuvish mumkin bo‘lgan to‘plam. 
2. "Maxsus marosimlar uchun" - Yorqin ranglar va unutilmas lahzalar. 
3. "Ekslyuziv" - Qo‘l mehnati yordamida ipakdan to‘qilgan to‘plam. Uning betakror jilosi sizning did bo‘yicha maqomingizni yanada yuksaklarga ko‘taradi. 

Dasturxon - bu ming yillar davomida shakllanib, bizgacha yetib kelgan an'ana bo‘libgina qolmay, Sharqning butun falsafiy olami hamdir. Mehmondo‘stlik esa eng qadrli an'analardan biri. Atlás Home - oilaviy loyiha bo‘lib, uning negizida oila mustahkamligi va an'analarni saqlab qolish yotadi. Shuningdek, ular xayriya tashabbusini ham amalga oshirishadi: har bir sotilgan mahsulotdan qolgan ma'lum bir mablag‘ kam ta'minlangan oilalarga yordam sifatida xayriya qilinadi. 

Atlás Home sizning didingiz va stolning hajmiga mos keluvchi to‘rlamlarni yaratib beradi. Buyurtmani telefon yoki Telegram orqali berishingiz mumkin: +99899 8405468. 

Facebook: atlashomeuzbekistan 
Instagram: @atlashome_uz
Telegram: @atlashome_uz

 

Top