02:53 / 16.02.2017
22271

Chempionlar ligasi. Kroosning goli "Real"ga "Napoli" ustidan g‘alaba keltirdi

Chempionlar ligasining 1/8 finalida "Real Madrid" o‘z uyida "Napoli"ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinda hisobni mehmonlar ochishdi: 8-daqiqada Insine uzoq masofadan gol kiritib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach, Benzema hisobni tenglashtirdi. 

Ikkinchi bo‘limning boshida Kroos Ronaldu uzatib bergan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 54-daqiqa Kazemiro hujumdan qaytgan to‘pni to‘xtatmay turib darvozaga yo‘lladi va ajoyib golga mualliflik qildi. 

Real Madrid – Napoli 3:1 
Gollar:
0:1 – 8 Insine, 1:1 – 18 Benzema, 2:1 – 49 Kroos, 3:1 – 54 Kazemiro.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Pepe, 71), Modrich, Kazemiro, Kroos, Xames (Vaskes, 76), Ronaldu, Benzema (Morata, 82).
Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens, Zelinski (Allan, 75), Kalexon, Hamshik (Milik, 84), Insine, Diavara.
Ogohlantirishlar: Ramos (17), Zelinski (38), Modrich (52), Mertens (76).

Mavzuga oid
Top