09:29 / 16.02.2017
10834

Kim Chen Inning akasi qotilligida gumonlanayotgan ikkinchi ayol qo‘lga olindi

Malayziya politsiyasi Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning akasi – Kim Chon Nam qotilligi bo‘yicha ikkinchi gumonlanuvchini qo‘lga oldi. Bu haqda Bernama agentligi xabar berdi.

Politsiya bosh inspektori Tan Sri Holid Abu Bakar KXDR rahbarining akasiga suiqasd qilish ishi bo‘yicha ayol kishi hibsga olinganini tasdiqladi.

U haqdagi ma'lumotlar hozircha keltirilmadi.

Avvalroq Kim Chon Namga Kuala-Lumpur shahri aeroportida zaharli igna bilan qurollangan ikki ayol hujum qilgani haqida xabar bergandik. Uning o‘limi yuzasidan tekshiruvlar davomida esa Vetnam pasportiga ega 28 yoshli ayol ham hibsga olingan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, shimoliy koreyaliklar yetakchisining akasi Kuala-Lumpurda KXDR maxsus xizmatlari vakillari tomonidan yo‘q qilingan. 

Top