22:23 / 16.02.2017
8145

Qirg‘iziston Markaziy Banki rahbari o‘z orzusi bilan bo‘lishdi

Qirg‘iziston Markaziy Banki rahbari To‘lqinbek Abdigulov har bir fuqaroning kamida 100 g oltini bo‘lishi haqida orzu qiladi. U Bloomberg nashriga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi. Abdigulovning so‘zlariga ko‘ra, boshqaruvchi Qirg‘iziston aholisiga 140 kilogrammcha oltin sotgan - bu odamlarni o‘z pullarini qoramollarga tikmaslikka olib kelishi kerak bo‘lgan choralardan biri. 

"Oltin uzoq vaqt saqlanishi mumkin va, xalqaro bozorlardagi narxlarga qaramay, u insonlar ko‘z o‘ngida o‘z qadrini yo‘qotmaydi. Men bu orzuimni tezroq amalga oshirishga harakat qilaman", - deydi u.  

Oltin Qirg‘iziston eksportining asosi hisoblanadi. Uning aholisi 6 million kishidan iborat. Bu Abdigulovning orzusini haqiqatga aylantirish uchun 600 tonna oltin (ya'ni qimmatbaho metall ishlab chiqarishning 30 yillik hajmi) kerak bo‘ladi deganidir.

Mavzuga oid
Top