08:44 / 16.02.2017
10061

Olimlar «havo bombasi» qanday shakllanishini namoyish qilishdi

Amerikaning geofizika jamiyati Atlantika okeanining shimoliy qismida kuchli to‘fon qanday shakllanishiga doir videolavhani namoyish etdi

«Havo bombasi»ni GOES-16 meteorologiya sun'iy yo‘ldoshi tasvirga olgan. Mazkur to‘fon Amerikaning Merilend shtatida tezligi soatiga 80 kmni tashkil etuvchi kuchli shamolni keltirib chiqarishga ulgurdi. 

Geofizika jamiyati olimlarining fikricha, «havo bombalari» o‘zining qoq markazida o‘ta past havo bosimini shakllantiradi. U nafaqat havo oqimiga, balki Yerning seysmik faolligiga ham ta'sir ko‘rsatadi. 

Mavzuga oid
Top