21:49 / 16.02.2017
8958

Olmaota shahri prokurori o‘zgardi

Olmaota shahri prokurori o‘zgardi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz nashri.

2011 yildan ayni vaqtgacha Olmaota prokurori lavozimini egallab kelgan Berik Asilov o‘z lavozimini  tark etdi. Uning o‘rnini Olmaota viloyati prokuraturasini 2012 yildan beri boshqarib kelgan Gabit Mirazov egalladi.

Gabit Mirazov 1965 yilda tug‘ilgan. Mehnat faoliyatini 1991 yilda Olmaota tumani Moskva tumani prokurori yordamchisi stajyori sifatida boshlagan. 

Top