17:41 / 16.02.2017
18753

Prezidentning videoselektor yig‘ilishidan so‘ng Xorazmda profilaktika kuni boshlandi

Xorazm viloyatida prokuror va ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 9 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi soha xodimlarining jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish borasidagi faoliyatlari haqidagi tanqidiy fikrlaridan kelib chiqqan holda, hudud bo‘ylab “Jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni”ni boshlab yubordilar. Bu haqda Xorazm viloyat prokuraturasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shu munosabat bilan ayni chog‘da barcha tuman-shahar prokurorlari, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari keng jamoatchilik bilan birgalikda sodir qilingan jinoyat va huquqbuzarliklarni, ularning kelib chiqish sabablarini muhokama qilib, kelgusida bunday illatlarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar haqida fikrlashmoqdalar.

Ushbu kundan e'tiboran hududlar prokurorlari hamda ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari tasdiqlangan grafik asosida mahalliy telekanalda chiqishlar qilib, sodir etilgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari, oldini olish bo‘yicha tadbirlar va profilaktikasi haqida axborot berib boradilar.

 

Top