13:23 / 16.02.2017
10490

Shoygu: “AQShning kuch pozitsiyasidan muloqot o‘rnatmoqchi bo‘layotgani hech qanday natija keltirmaydi”

Foto: TASC

Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Pentagon bilan hamkorlikni tiklashga tayyor ekanini ma'lum qildi. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, kuch nuqtai nazaridan muloqotni o‘rnatish hech qanday istiqbolga ega emas, deb xabar berdi TASS.

«Biz Pentagon bilan hamkorlikni tiklashga tayyormiz. Biroq Rossiyaga nisbatan kuch nuqtai nazaridan muloqotni o‘rnatishga harakat qilish hech qanday natija bermaydi. Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahridagi Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i armiya generali Valeriy Gerasimovning amerikalik hamkasbi Jozef Danford bilan uchrashuvida Pentagon pozitsiyasiga aniqlik kiritilishi mumkin», - deya ma'lum qildi Shoygu.

Avvalroq Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Rossiya bilan «kuch pozitsiyasi yordamida» muzokaralar olib borish lozimligini ma'lum qilgandi. Mettisning ta'kidlashicha, AQSh «sovuq urushning eng g‘urbatli kunlarida ham» hamkorlik va o‘zaro ziddiyatlarni bartaraf etish uchun siyosiy yo‘laklarni ochiq holda saqlab turibdi.

Mavzuga oid
Top