21:37 / 17.02.2017
5275

Apple Watch kelajakda murvat orqali quvvatlanishi mumkin

Apple kompaniyasi aqlli soatlarni mexanik quvvatlash texnologiyasiga patent oldi, deb xabar bermoqda Patently Apple resursi.

Ko‘p aqlli soatlarning bosh kamchiligi ularni har kuni quvvatlash zarurligi hisoblanadi. Natijada soatdagi budilnikni o‘rnatish agar soat kechasi qo‘lda emas, balki quvvatlanayotgan bo‘lsa, har qanday ma'noni yo‘qotadi.

Mexanik quvvatlash sxemasi Digital Crown murvatini qo‘lda burash bilan soatni quvvatlashni  nazarda tutadi. Murvat aylantirilishi natijasida hosil bo‘lgan mexanik energiya maxsus tizim orqali elektr energiyaga aylanadi va qurilmaning akkumulyatorida yig‘iladi.

Biroq mutaxassislarning fikricha, soatga o‘rnatiladigan dinamo-mashina ishonchni oqlay olmaydi. U kichik bo‘ladi va qurilmani yaxshilab quvvatlash uchun murvatni tez-tez burab turishga to‘g‘ri keladi.

Top