11:31 / 17.02.2017
10508

Braziliya tarixda ilk marotaba qahva importiga yangilik kiritdi

Braziliya hukumati mamlakat tarixida ilk marotaba achchiq robust navli qahvalarni import qilishga ruxsat berdi, deb ma'lum qildi Braziliya qishloq xo‘jaligi vaziri  Silvio Farnesi.

Reyter agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, yaqin orada ushbu navli qahvani Vetnamdan cheklangan to‘plamlarda yetkazib berish boshlanadi. Xorijdan qahva sotib olishga ruxsatni Braziliya tashqi savdo palatasi CAMEX bergan.

Xorijdan sotib olingan qahvalarga uning qiymatining 2 foizi miqdorida import boji joriy qilinadi. Belgilangan kvotaga muvofiq, may oyi oxirigacha mamlakatga har biri 60 kg bo‘lgan 1 mln qop qahva olib kirilishi mumkin. Ammo, oyiga 250 ming qopdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda olib kirishga ruxsat etiladi. 

Braziliya qahva yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha eng yirik davlat hisoblanadi. 2016 yilda arabika navli qahvaning rekord hosilini yig‘ishtirib oldi, ammo robust navining hosili Espiritu-Santu shtatidagi kuchli qurg‘oqchilik sababli 2004 yil darajasiga tushib ketdi.

Top