17:41 / 17.02.2017
18912

Messi jamoani kim boshqarishini istaydi?

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi «Manchester Siti»ni boshqarib turgan Xosep Gvardiolani Kataloniyaga qaytishga ko‘ndirish uchun urinib ko‘radi.

The Sun tabloidi yozishicha, ushbu argentinalik futbolchi jamoasining Chempionlar Ligasi nimchorak finalida «PSJ»ga yirik hisobda yutqazishidan keyin sobiq ustozi bilan aloqaga chiqqan. U «Barselona»ning hozirgi bosh murabbiyi Luis Enrike jamoaga yomon ta'sir ko‘rsatmoqda, degan fikrda.

Ma'lumot uchun, Gvardiola futbolchilik faoliyatining asosiy qismini kataloniyaliklar jamoasida o‘tkazgan, 2008-2012 yillarda jamoani bosh murabbiy sifatida boshqargan. Uning rahbarligida jamoa 3 marta Ispaniya chempioni, 2 martadan mamlakat kubogi va Superkubok sohibi bo‘lgan. Shuningdek, Gvardiola va jamoa Chempionlar ligasida, Yevropa Superkubogida va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ikki martadan zafar quchgan.

Bundan oldinroq, «Barselona» rahbariyati ham futbolchilarning murabbiyga ishonchsizligi tufayli u bilan hamkorlikni to‘xtatish niyatida ekani haqida xabar berilgandi.

Top