08:27 / 18.02.2017
8292

Xitoy vakili Vashington va Pekin qanday shartlarda hamkorlik qilishini ma'lum qildi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanida Pekin Vashington qarama-qarshilik siyosatidan voz kechsa, AQSh bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Biz AQSh bilan qarama-qarshilik siyosatidan voz kechish, o‘zaro hurmat va kelishmovchiliklarni hal qilish tamoyili asosida hamkorlik qilishga tayyormiz", deb aytdi Van I.

Uning aytishicha, Xitoy va AQSh o‘rtasida farqlar borligi hisobga olinsa va o‘zaro ishonchga asoslanilsa, ikkala davlat o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashda katta taraqqiyotga erishishi mumkin.

Avvalroq Van I Moskva bilan hamkorlikni global barqarorlik ustuni deb atagandi.

Top