13:27 / 18.02.2017
16174

Xorazmda qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazm viloyati Urganch tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Chotko‘pir qishlog‘ida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro mast holda o‘zaro janjal oqibatida birga ulfatchilik qilib o‘tirgan 1963 yilda tug‘ilgan qo‘shnisiga pichoq bilan tan jarohati yetkazganligi natijasida kasalxonada vafot etganligi aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi qo‘lga olindi. 

Xabarda aytilishicha, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Top