19:42 / 18.02.2017
20836

Kogon shahri va Kogon tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

Buxoroda xalq deputatlari Kogon shahar kengashi va Kogon tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Buxoro viloyati hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, sessiyalarda viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev qatnashdi.

Har ikki sessiyada ham tashkiliy masala ko‘rildi. Xususan, shu vaqtga qadar Buxoro tumani hokimining sanoat, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Farhod Mardonov Kogon shahri hokimi etib saylandi.

Kogon tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida esa o‘z arizasiga binoan, tuman hokimi S. Hamroyev vazifasidan ozod qilindi. Shu vaqtga qadar Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini rivojlantirish markazi kommunal xo‘jalik xizmati boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan Yo‘ldosh Jumayev tuman hokimi etib saylandi. 

Top