17:46 / 18.02.2017
15527

Osiyo olimlari tashqi dunyodan qamalib olishdi

Osiyoning Indoneziya, Malayziya, Singapur va Taylandda o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, ushbu mamlakatlarning olimlari xorijiy hamkasblari bilan juda sust hamkorlik qilishadi. Bu holat tajriba almashinuviga va mintaqada innovatsiyalar taraqqiyotiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda, deb yozadi universityworldnews.com.

Indoneziya, Malayziya, Singapur va Taylandning kamida o‘n yil muqaddam doktorlik darajasi yoki boshqa ilmiy unvonni olgan 8 foiz yosh tadqiqotchilari xorijda ishlagan, xolos. Global State of Young Scientists yosh olimlar xalqaro birlashmasi o‘tkazgan tadqiqot natijasi shunday. 

Osiyoning yosh tadqiqotchilari diplom olgach, 3 oygacha bo‘lgan muddatga qisqa safarlarga chiqishadi hamda asosan, Shimoliy Amerika va Yevropadagi hamkasblari bilan hamkorlik qilishadi. 

Yaqin qo‘shni mamlakatlar olimlari bilan 18 foiz olimlar hamkorlik qiladi. Bundan tashqari, 40 foizga yaqin tadqiqotchi faqat vatanida faoliyat olib borishini aytishgan. 

Indoneziya, Malayziya, Singapur va Tayland mamlakatlarining 70 foizga yaqin yosh olimlari vatanlarini tark etishni rejalashtirishmayapti. 

Mualliflarning fikricha, yosh osiyolik olimlarning bu tarzda ishlashi ushbu mamlakatlarda ilmiy natijalar pasayishiga olib keladi va yangi g‘oyalar hamda turli ilmiy yondashuvlarning shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. 

Top