00:44 / 18.02.2017
19608

Poroshenko: Putin Ukrainani Rossiya ranglariga bo‘yamoqchi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Xavfsizlik bo‘yicha Myunxen anjumanidagi munozara vaqtida go‘yoki Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Kiyevga nisbatan "adovati" borligini aytdi. Bu haqda "112 Ukraina" nashri xabar bermoqda

"Putin Ukrainani juda yomon ko‘radi. U Ukraina davlati va xalqining o‘ziga xosligini tan olmaydi. U ommaviy tarzda Ukraina Rossiyaning bir qismi ekanligini aytdi. U Ukraina uchun Yevropa siyosiy xaritasida joy ko‘rmayapti va Ukrainani Rossiya ranglariga bo‘yamoqchi", deb aytgan Poroshenko.

Uning aytishicha, Moskvaning "ishtahasi" faqat Ukraina bilan chegaralanib qolmagan.

Top