19:43 / 18.02.2017
9671

«Real» Pepening o‘rniga munosib nomzod topib qo‘ydi

«Manchester Siti» himoyachisi, o‘z vaqtida «Valensiya» safida to‘p surgan Nikolas Otamendi Ispaniya chempionatiga qaytishi mumkin.

TyCSports nashri bergan xabarga, 29 yoshli Argentina terma jamoasi himoyachisiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. Jamoa uni Xitoyga ketishi mumkin bo‘lgan Pepening o‘rniga nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Otamendi joriy mavsumda «Manchester Siti» tarkibida 20 uchrashuvda maydonga tushishga ulgurgan.

Mavzuga oid
Top