17:56 / 19.02.2017
12110

Afg‘onistonda «Al-Qoida»ning o‘rta osiyoliklarni tashkilotga yollashga mas'ul yetakchisi o‘ldirildi

Afg‘onistonning markaziy qismida maxsus xizmat vakillari «Al-Qoida» terrorchilik tashkilotining yuqori martabali rahbarlaridan birini yo‘q qilgan. Bu haqda mamlakat milliy xavfsizlik xizmat boshqarmasidagi manbasiga asoslangan holda Khaama Press xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, Sayfulla Axtar ism-sharifli ushbu shaxsni yo‘q qilish maqsadidagi amaliyot 9 yanvar kuni, G‘azna viloyatida o‘tkazilgandi.

Ma'lum qilinishicha, u Afg‘onistonga turli hududlardan, jumladan O‘rta Osiyodan odam yollashni nazorat qilardi. Uning rahbarligida tashkilotga 30 mingga yaqin jangari jalb etilgan.

Mavzuga oid
Top