19:00 / 19.02.2017
30719

Afg‘onistonda amaliyotlar vaqtida o‘ldirilgan jangarilarning 11 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyati hududida IShID jangarilaridan 6 nafari bexosdan ro‘y bergan portlash qurboniga aylangan.

Afg‘oniston Ichki ishlar vazirligining rasmiy ma'lumotiga ko‘ra, jangarilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan mina portlab ketishi oqibatida halok bo‘lgan. Bu hodisa Kot uyezdida shanba kuni oqshomida ro‘y berdi. Qayd etilishicha, Bodar qishlog‘i yaqinidan o‘tgan yo‘lga portlovchi qurilma o‘rnatishga harakat qilayotganida portlab ketgan.

IIV ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida tashkilotning shu viloyat hududida teraktlar rejalashtirish bo‘yicha eksperti, Shokir ismli jangari ham bo‘lgan.

Afg‘oniston hukumati shu hafta boshida Nangarhar viloyatida IShIDga qarshi amaliyot boshlagandi. 

Afg‘oniston Qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Qadamshoh Shohimning ma'lum qilishicha, yil boshidan buyon o‘tkazilgan amaliyotlar davomida IShIDning 1955 nafar jangarisi yo‘q qilingan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ldirilganlar orasida O‘zbekistonning 11 fuqarosi, 8 arab, 7 chechen, 6 nafar xitoylik va 6 nafar tojikistonlik bo‘lgan.

Top