02:10 / 19.02.2017
6146

Biatlon. JCh-2017. Rossiya 9 yillik tanaffusdan keyin oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: Reuters

Avstriyaning Hoxfiltsen shaharchasida davom etayotgan biatlon bo‘yicha jahon chempionatining erkaklar o‘rtasidagi estafeta musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda Rossiya terma jamoasi (Aleksey Volkov, Maksim Tsvetkov, Anton Babikov, Anton Shipulin) marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medallarni qo‘lga kiritdi. Bu Rossiya terma jamoasining jahon chempionatlaridagi 9 yillik tanaffusdan so‘ng ilk g‘alabasi bo‘ldi. So‘nggi marta jamoa 2008 yilda oltin medallarni qo‘lga kiritgandi.

Ikkinchi bo‘lib marraga Fransiya (Jan-Giyom Beatriks, Kenten-Fiyon Mayye, Simon Destyo, Marten Furkad) terma jamoasi yetib kelgan bo‘lsa, bronza medalini mezbonlar Avstriya terma jamoasi (Daniel Mezotich, Yulian Eberhard, Simon Eder, Dominik Landertinger) qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid
Top