09:53 / 19.02.2017
9747

Falcon 9 raketasi parvozi startga 13 soniya qolganda bekor qilindi

Foto: Twitter/NASA

SpaceX kompaniyasi Xalqaro koinot stansiyasiga uchirilishi kerak bo‘lgan Dragon yuk kemasining parvozini startga 13 soniya qolganda bekor qildi. 

Kompaniya rahbari Ilon Maskning aytishicha, bunga Falcon 9 raketa-tashuvchisi dvigatelining yuqori pog‘onasidagi nosozliklar sabab bo‘lgan. Kompaniya muhandislari nosozlik sababini aniqlamoqdalar.

Raketa parvozi Toshkent vaqti bilan 19 fevral soat 19:38ga ko‘chirildi. 

Mavzuga oid
Top