16:07 / 19.02.2017
8079

Qirg‘izistonda qor ko‘chishi natijasida ikki bola halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning janubiy O‘sh viloyatida joylashgan Chon-Oloy tumanida qor ko‘chishi natijasida ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqida mamlakat FVV xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Jash-Tilek qishlog‘ida ko‘chgan qor bir necha (bir qavatli) uylarni bosib qolgan. Ma'lum bo‘lishicha, 7 nafar kishi qor ostida qolgan. 

"Umumiy hisobda qor ko‘chkisi ostida 7 kishi qolib ketgan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar va mahalliy aholi qisqa vaqt ichida qor ostidan ularning 5 nafarini olib chiqishdi. Afsuski, qor ostida qolgan ikki bolani qutqarishning iloji bo‘lmadi", - deya ma'lum qilishdi vazirlikda. 

Jabrlanganlarning ahvoli tibbiyot xodimlari tomonidan qoniqarli deya baholanmoqda.

Mavzuga oid
Top