15:17 / 19.02.2017
27316

Olimlar uyqu vaqtida telefonni karovatdan uzoqroq tutishni tavsiya qilishdi

Amerikalik olimlar uyqu vaqtida yoqiq telefonning salbiy asoratlaridan ogohlantirishdi. Tadqiqotchilar tunda telefonni imkon qadar karovatdan uzoqda saqlashni tavsiya qilishdi. "Ortodoks" tibbiy portali shu haqida ma'lumot berdi

Mutaxassislarning fikricha, sog‘lom uyqu va insonning tush ko‘rishi uchun mas'ul melatonin gormoni atrof-muhitga o‘ta ta'sirli bo‘lar ekan. Ayniqsa gadjyetlardan taralayotgan nurlarga. Ular odatiy reflektor bog‘liqlik - tun-uyqu tizimini buzadi va insonning uyqusizlikdan aziyat chekishiga sabab bo‘ladi. 

Tungi dahshatli tushlar, shuningdek ertalabki asabiylashish va ruhiy tushkunlik holati ham telefon tufaylidir. Devayslarning organizmga uzoq vaqt davomida ta'sir qilishi juda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Tibbiyot xodimlarining ta'kidlashlaricha, inson kamida yetti soat uxlasagina yuqori ishchanlik natijalarini ko‘rsata oladi. Uyqu soatlarining kamayishi esa insonning immun tizimi buzilishiga sabab bo‘ladi. Ba'zan ishtaha yo‘qoladi, ruhiy kasalliklar shakllanadi. Organizmning  qarish jarayoni tezlashadi, o‘z-o‘zini vayron qilish mexanizmi ishga tushadi.

Top