12:05 / 19.02.2017
18444

"Real" "Barselona"ga tegishli yana bir rekordni buzishga yaqin

Ispaniya chempionatining 23-turida "Real Madrid" o‘z maydonida "Espanol"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa madridliklar ketma-ket 42ta uchrashuvda gol kiritib, o‘z rekordini o‘rnatdi. 

"Real Madrid" so‘nggi bor 2016 yil 26 aprel kuni Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi kechgan o‘yinda maydonni golsiz tark etgan. (0:0) Shundan buyon Zinedin Zidan shogirdlari 42 uchrashuvda 113ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. 

Ispaniya rekordi esa "Barselona"ga tegishli bo‘lib, klub 1942-43 va 1943/44 yilgi mavsumlarda qatorasiga 44ta uchrashuvda gol kiritgan edi. 

Top