10:59 / 20.02.2017
8374

«Barselona» tarixda ilk bor tarkibda atigi bir ispaniyalik bilan maydonga chiqdi

«Barselona» jamoasining Ispaniya primerasi 23-turi doirasidagi «Leganes» bilan o‘yindagi boshlang‘ich tarkibidan Ispaniya termasi uchun ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan atigi bitta o‘yinchi joy oldi - Serxi Roberto. 

«Barselona» tarixda ilk bor Primeradagi o‘yinga tarkibda atigi bitta ispaniyalik futbolchi bilan chiqdi. Yana ikki nafar o‘yinchi - Rafinya va Lionel Messi ikkita fuqarolikka ega. 

Yarim himoyachi Andres Inesta esa o‘yinni 80-daqiqasida maydonga tushirilib, ko‘k-anorranglilar uchun Primeradagi 400-uchrashuvini o‘tkazdi.

32 yoshli xavbek «Barselona» tarkibida mamlakat chempionatida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan o‘yinchilar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasida bormoqda. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik Xavida – u 1998-2015 yillar davomida kataloniyaliklar uchun 505ta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek har ikki o‘yinchi barcha turnirlarda eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan klub futbolchilari ro‘yxatida ham yetakchi – Inestada – 614, Xavida esa – 767.

Ma'lumot uchun, Inesta «Barselona» safida 2002 yildan beri to‘p suradi. U Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 10 uchrashuvda qatnashib, 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Top