17:22 / 20.02.2017
12102

Lavrov AQSh maxsus xizmatlari Rossiya elchisining telefon suhbatlarini tinglagani haqida aytdi

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma'lum qildiki, AQSh maxsus xizmatlari Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Sergey Kislyakning telefon muloqotlarini maxfiy tarzda tinglashni yo‘lga qo‘ygan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSh prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maykl Flinn bilan bog‘liq mojarolar fonida AQSh Milliy xavfsizlik agentligi tomonidan tasdiqlangan.

«Bir necha hafta davomida Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi general Flinn bilan bog‘liq mojaro vaqtida amerikalik maxsus xizmat vakillari jurnalistlarga rasman yoki anonim tarzda bizning elchimiz Kislyakni eski vaqtlardagi kabi maxfiy tinglab borishganini bildirishdi», — degan Lavrov.

14 fevral kuni Maykl Flinn iste'fo berdi. U AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensga Kislyak bilan muloqoti haqida xato ma'lumot berganini tan oldi. Ma'lum bo‘lishicha, u ruslar elchisi bilan Donald Trampning qasamyod qilish marosimiga bir oy vaqt borligida muhokama o‘tkazgan. Keyinroq Flinn rossiyaliklar elchisi bilan muloqoti tafsilotlarini oshkor qildi.

Mavzuga oid
Top