18:55 / 20.02.2017
11131

Lavrov: «… o‘z-o‘zidan ijaraga olishning umuman imkoni yo‘q»

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Oliy radasi deputati Andrey Artemenkoning Moskvadan sanksiyalarni olish va Qrimni ijaraga berish «reja»siga fikrini bildirdi. 

«Bunga izoh berishim mushkul, chunki o‘z-o‘zidan ijaraga olishning hech ham iloji yo‘q», — degan Rossiyaning bosh diplomati.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kabi rejalar «shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘yin qoidalarini qayta yozib chiqishga urinishlar bo‘ladi».

«Bularning bari istar-istamas, 2015 yil fevralida Minskda erishilgan kelishuv shartlaridan e'tiborni chalg‘itadi. Bu kelishuvning esa boshqa muqobili yo‘q», — deb ta'kidlagan Lavrov.

Avvalroq, The New York Times gazetasi xabariga ko‘ra, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinnga, u iste'foga chiqmasdan avvalroq, Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga doir reja taqdim etilgan. Uni tuzishda Ukraina parlamenti deputati Andrey Artemenko muhim o‘rin tutgan. 

Artemenkoning hikoya qilishicha, reja bandlari orasida — «Donbassning Ukraina tarkibiga qaytishi», Ukrainaning neytral maqomini tasdiqlash kabilar bor. U NATO, YeI va Bojxona ittifoqining hech biriga qo‘shilmaydi. 

Bundan tashqari, Ukrainada Qrimni Rossiyaga 30-50 yilga ijaraga berish ko‘zda tutilgan. Bu muddat poyoniga yetgach, Qrim yarim orolida uning kimga tegishli bo‘lishiga oydinlik kirituvchi so‘nggi referendum o‘tkaziladi. 

Top