18:45 / 20.02.2017
7328

Liviya bosh vaziri mashinasi o‘qqa tutildi

Liviya milliy kelishuv hukumati rahbari Fayoz as-Sarrajaning avtomobil korteji Tripoli shahrida o‘qqa tutildi. Bu haqda RIA «Novosti» Al Jazeera telekanaliga asosan xabar bermoqda.

Telekanal manbasi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida Liviya bosh vazirining ikki nafar qo‘riqchisi jarohatlangan.

Ta'kidlanishicha, kortejda as-Sarrajaning o‘zi, Oliy davlat kengashi raisi va prezidentni qo‘riqlash xizmati boshlig‘i bo‘lgan.

Bosh vazirning ahvoli haqida ma'lumotlar yo‘q.

Mavzuga oid
Top