18:51 / 20.02.2017
9163

«Manchester Siti» Messi uchun transfer rekordini yangilashga tayyor

«Manchester Siti» rahbariyati «Barselona» hujumchisi Lionel Messini Angliyaga olib kelish uchun yana bir marta urinib ko‘rmoqchi. Bu haqda The Mirror nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, buning uchun «shaharliklar» «Barselona»ga transfer rekordi bo‘lgan 100 million funt (117 mln. yevro) to‘lashga tayyor bo‘lib turishibdi. Shuningdek rahbariyat bosh murabbiy Xosep Gvardiolaning azaldan Messi bilan yaxshi munosabatda bo‘lganidan unumli foydalanishni ko‘zlamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, Messi Gvardiola bilan bog‘lanib, uni «Barselona»ga qaytishini iltimos qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Mavzuga oid
Top