Honkongning «Istern» klubi bosh murabbiyi Chang Yung Tin Osiyo chempionlar ligasida bosh murabbiy sifatida ishlagan ilk ayol mutaxassisga aylanadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

28 yoshli murabbiy bilan «Istern» mamlakat chempionatida zafar quchishga muvaffaq bo'lgan. Jamoa shu orqali Osiyo klublarining eng nufuzli musobaqasida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgandi.

«Istern» OChL doirasidagi birinchi tur uchrashuvini 22 fevral kuni Xitoyning «Guangchjou Evergrand» klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv Xitoyda bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.